Ukrainadagi urushda qancha rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Olam

image

Rossiyaning Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan harbiylari soni 50 mingdan oshdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, bosqinchilik urushining ikkinchi yilida 27300 dan ortiq rus askari halok bo‘lgan. Ayniqsa, Kreml tomonidan "Go‘sht maydalagich" deb ataladigan  oldingi chiziq ko‘plab rus askarlarining "boshini yegan". Ularning ko‘pchiligi muddatli harbiy xizmatchilar bo‘lgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Rossiya urushidagi qurbonlarning haqiqiy soni ushbu ko‘rsatkichdan ham ancha yuqori bo‘lishi mumkin. O‘limlar haqidagi statistikaga Rossiya tomonidan bosib olingan Donetsk va Lugansk respublikalaridagi raqamlar kiritilmagan.

Hisobotga ko‘ra, kamida 9000 rossiyalik mahbus janglarga jalb qilingan. Ayni paytda frontda jang qilayotgan mahbuslar soni aytilmagan.

Halok bo‘lgani e’lon qilingan 50 ming harbiy xizmatchi orasida Rossiya qurolli kuchlarining 3300 dan ortiq ofitserlari bo‘lgan. Ulardan 390 nafari podpolkovnik va undan yuqori unvonda bo‘lgan. Rossiya tomoni bu haqdagi ma’lumotlarni ommaga oshkor qilishni istamaydi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Ukraina ham jang maydonidagi qurbonlar miqyosi haqida kamdan-kam izoh beradi. Joriy yilning fevral oyida Prezident Vladimir Zelenskiy 31 ming ukrainalik askarlar halok bo‘lganini aytgan, ammo AQSH razvedkasiga ko‘ra, yo‘qotishlar bundan ko‘proqni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing