Ukrainadagi urushda qancha bola vafot etgani ochiqlandi
Olam
−
02 yanvar 2024 5783 1 daqiqa
2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Rossiya keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri 514 nafar ukrainalik bolani o‘ldirgan. Biroq, bu yakuniy ma’lumot emas. Bu haqda Ukraina Bosh prokuraturasi xabar berdi.
Urush davomida 1172 nafar bola turli jarohatlar olgani qayd etilgan.
"Bu raqamlar to‘laqonli emas. Harbiy harakatlar sodir bo‘lgan joylarda, vaqtincha bosib olingan va ozod qilingan hududlarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda", deyiladi bayonotda.
Bildirilishicha, bolalarning aksariyati Donetsk (498), Xarkov (306), Kiyev (129), Xerson (143), Nikolayev (97), Zaporoje (100), Chernigov (72) va Lugansk (67) viloyatlarida jarohatlangan.
Shuningdek, 31 dekabr kuni Xerson shahridagi janglar oqibatida 11 yoshli bola halok bo‘lgan, 9 yoshli bola yaralangan. Donetsk viloyati Pokrovsk shahriga qilingan raketa hujumi natijasida 13 yoshli qiz yaralangan. Xmelnitskiy viloyati Starokonstantinov shahrining o‘qqa tutilishi oqibatida esa 17 yoshli qiz jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya bosqinchilarining yirik raketa hujumlari ortidan Ukrainada 1 yanvar motam kuni deb e’lon qilingan edi.
Live
Barchasi