Ukrainadagi urush tugamasa, YeI Kiyevga yordamni 2 barobarga oshirmoqchi
Olam
−
05 may 2025 7085 1 daqiqa
Agar AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinni urushni tezda tugatishga ko‘ndirmasa, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Ukrainaga harbiy yordamni sezilarli darajada oshirishi mumkin. Bu haqda mudofaa bo‘yicha Yevropa komissari Andryus Kubilyus o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va AQSH hozirgacha Kiyevga yiliga taxminan 40 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatib kelgan.
“Yangi reja aslida Ukraina bir xil 40 milliard yevroga oladigan qurol hajmini ikki baravar oshiradi. Bizning qo‘llab-quvvatlashimizning haqiqiy qiymati 80 milliard yevrogacha ko‘tariladi”, deya yozgan Yevropa komissari.
Shuningdek, u Ukrainaning yonida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari borligini eslatgan.
“Shunday qilib, “kuch orqali dunyo” formulasi amalda haqiqatan ham ishlashi mumkin. Kreditlar Ukraina uchun kuchdir!” deya ta’kidlagan Kubilyus.
Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Ukrainaga 2025 yil uchun 23 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ajratgan. 2024 yilda Kiyev AQSH bilan birgalikda Yevropa mamlakatlaridan 40 milliard yevrogacha pul olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir qator Yevropa davlatlari AQSH harbiy yordamni to‘xtatishi mumkinligi sababli Ukrainada qurol ishlab chiqarishga sarmoya kiritishni boshlamoqchiligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi