Ukrainadagi urush 1,7 mlrd odamning ahvolini yomonlashtirdi – BMT

Olam

image

Ukrainadagi urush u yoki bu tarzda 1,7 milliard odamning ahvolini yomonlashtirdi. Ularning uchdan bir qismi bungacha ham qashshoqlik chegarasidan past darajada kun kechirardi. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Nyu-Yorkda o‘tgan konferensiyadagi nutqida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaro global oziq-ovqat, energetika va moliyaviy tizimlarda uzilishlarga sabab bo‘ldi, bu esa sayyoramizning bir qancha mintaqalarida qashshoqlik va ochlikning kuchayishiga olib kelishi muqarrar.

Bosh kotib chorshanba kuni BMTning “Ukrainadagi urushning oziq-ovqat, energetika va moliyaviy tizimlarga global ta’siri” nomli hisobotini taqdim etdi.

Guterrishning ta’kidlashicha, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng butun dunyo e’tibori urushning dahshatli oqibatlariga qaratilgan.

“Ukrainadagi urushning oqibatlari davom etayotgan COVID-19 pandemiyasining oqibatlariga qo‘shiladi. Bularning barchasi global iqlim o‘zgarishi va dunyoda o‘sib borayotgan tengsizlik fonida sodir bo‘lmoqda. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishi va tovar tanqisligi millionlab odamlarni qashshoqlikka mahkum qiladi. Ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari import qiluvchi qashshoq mamlakatlar uchun xavf yuqori, ammo o‘rtacha daromadli mamlakatlar ham zarar ko‘rishi mumkin. Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, oziq-ovqat narxlarining bir foizga oshishi 10 million odamni o‘ta qashshoqlikka olib keladi”, deyiladi hisobotda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing