Ukrainadagi shaharlardan birini suv bosdi

Olam

image

Bugun, 7 iyun Ukrainaning Xerson viloyatidagi Goloy Pristan shahri suv ostida qoldi. Bu haqda  shahar ma’muriyati rahbari Gennadiy Nedyalkov ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, aholi punktining deyarli 80 foizini suv bosgan, ba’zi hududlarda suv deyarli tomlarga yetib bormoqda. Shaharning asosiy qismida suv sathi taxminan yarim metrga ko‘tarilib, aylanma yo‘lni kesib o‘tgan va qo‘shni “Molodejnoye” aholi punktidan o‘tgan.

Nedyalkovning so‘zlariga ko‘ra, Goloy Pristan hukumati bugun suv toshqini sababli 1000-1500 nafar aholini evakuatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 iyun kuni Ukrainaning Xerson viloyatidagi Kaxovka GESi to‘g‘oni portlatib yuborilgandi. Kiyev va Moskva bir-birini to‘g‘onni portlatganlikda va Ukraina janubida keng ko‘lamli suv toshqiniga sabab bo‘lganlikda aybladi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashini chaqirtirdi. Kecha, 6 iyun kuni BMT Xavfsizlik kengashi Kaxovka GESidagi portlash munosabati bilan Ukraina iltimosiga ko‘ra favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Kaxovka GESining portlashi ortida kim turgani haqida QALAMPIR.UZ'ning quyidagi maqolasida o‘qishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Xerson suv bosdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing