Ukrainada Zoom orqali turmush qurishga ruxsat berildi 

Olam

image

Ukraina hukumati harbiy holat davrida masofadan turib, jumladan Zoom orqali turmush qurishga ruxsat berdi. Bu haqda Ukraina Adliya vaziri o‘rinbosari Valeriya Kolomiyets ma’lum qildi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, endilikda bir kunda ariza berish va nikohni rasmiylashtirish mumkin. 

“O‘z xohish-istaklarini bildirgan shaxslar kun davomida turmush qurishlari mumkin. Nikohni rasmiylashtirish harbiy harakatlar bo‘lmagan hududdagi istalgan FHDYO bo‘limida amalga oshirilishi mumkin. Muayyan sharoitlarda nikohni nafaqat FHDYO xodimlari, balki politsiya xodimlari va harbiylar ham rasmiylashtirishi mumkin. Bu xizmat qilayotgan sevishganlar uchun tegishli, ular Zoom orqali masofadan turib ulana oladi”, deya Kolomiyetsning so‘zlaridan iqtibos keltirgan hukumat sayti. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 24 fevral kuni butun Ukrainada harbiy holat joriy etildi. 15 mart kuni Rada uning amal qilish muddatini 26 martdan yana 30 kunga uzaytirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

366

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing