Ukrainada jang qilgan sobiq mahbuslar Putinga murojaat yo‘lladi

Olam

image

Urushdan qaytgan “Shtorm Z” bo‘linmalarining sobiq asirlari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga murojaatnoma yozib, unda ular va’da qilingan maoshlar va jarohatlar uchun to‘lovlarni olmaganliklarini aytishdi. Bu haqda maktubni qo‘lga kiritgan "Vajniye istorii" nashri xabar berdi. 

Putinga murojaat Ukrainadagi urushda qatnashgan yetti nafar sobiq mahbus tomonidan yozilgan. Ular urushda qatnashganlarida biror marta ham to‘liq maosh olmagan.

Shuningdek, ular sudlanganlik holatini olib tashlash to‘g‘risidagi hujjatlarni olmaganliklarini bildirishgan. Murojaatning haqiqiyligi nashrga uning mualliflaridan biri tomonidan tasdiqlangan.

2023 yilning yozida Severodonetsk va Zaporoje yo‘nalishlarida jang qilgan 42 yoshli Roman Polyakov jurnalistlarga ko‘plab jarohatlar olganini aytgan.

Polyakovning so‘zlariga ko‘ra, endi u sudlangani sababli Rossiyada ishga kira olmaydi.

Uning ta’kidlashicha, koloniyaga yollash paytida mahbuslarga "to‘liq ijtimoiy paket" va urushda qatnashish uchun boshqa jangchilar bilan teng sharoitlar va’da qilingan. Biroq, ularga shartnomalarning nusxalari berilmagan. Shartnomalarning o‘zi Mudofaa vazirligining hujjatlari emas, tan olinmagan Donetsk rahbari tomonidan imzolangan ko‘ngilli tuzilmalarda ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnomalar bo‘lib chiqqan.

Polyakov unga va boshqa mahbuslarga sudlanganligini olib tashlash va’da qilingan.

“Aslida bizga maoshimizning ko‘pi bilan yarmi to‘landi: ya’ni 100–105 ming. Men qizil zonada roppa-rosa uch oy o‘tkazgan bo‘lsam ham, uch kunlik jangovar maosh oldim. Jarohatlar uchun bizga to‘lovimiz prezidentning 98-sonli farmoniga muvofiq emasligini, balki Mudofaa vazirligining biz uchun alohida buyrug‘i borligini aytishdi: yengil jarohat uchun – 50 ming rubl, og‘ir jarohat uchun – 300 ming. Ammo bu pulni ham ko‘rishning iloji yo‘q, chunki, masalan, ikki oydan beri jarohatning og‘irligi haqida ma’lumotnoma ololmayapman”, deydi Polyakov.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 98-sonli farmonida harbiy xizmatchilarga jarohati uchun uch million rubl miqdorida bir martalik to‘lov va harbiy xizmatchi vafot etgan taqdirda ularning oilalariga besh million rubl miqdorida to‘lovlar to‘g‘risida gap boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ukraina sobiq mahbuslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made