Ukrainada Zelenskiyga qarshi namoyish o‘tkazildi 

Olam

image

Ukraina poytaxti Kiyevdagi Oliy Rada derazalari ostida ukrainaliklar Rossiya bilan tinchlik o‘rnatishni talab qilib, miting o‘tkazdi. Bu haqda “Vesti.ua” nashri xabar bergan.   

“Ukraina xalqi jang qilishni xohlamaydi, bizni urushga tayyorlanishga chaqirayotgan Prezidentning harakatlariga rozi bo‘lishni istamaymiz. Biz mojaroni muzokaralar yo‘li bilan, tinch yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaydigan hukumatni qo‘llab-quvvatlamaymiz”, deydi miting ishtirokchilari. 

Odamlar “Rossiya bilan urush yo‘q!” degan shior bilan ko‘chalarga chiqqan. Ko‘plab ishtirokchilarning qo‘lida bunday yozuvli plakatlar bo‘lgan. Ularning yana bir nechtasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga Kiyevning tinchlikka nisbatan siyosatini o‘zgartirishga chaqiruv yozilgan. 

Kiyev va G‘arb davlatlari so‘nggi paytlarda Rossiyaning Ukraina chegaralari yaqinida “tajovuzkor harakatlari” kuchayganidan xavotir bildirgan. Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov qo‘shinlar o‘z hududi doirasida va o‘z xohishiga ko‘ra harakatlanayotganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hech kimga tahdid solmaydi va hech kimni tashvishga solmasligi kerak. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ko‘ra, Rossiya Ukraina atrofidagi mojaro uchun hech qanday bahona yaratmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina miting

Baholaganlar

1000

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing