Ukrainada yuzlab odamlar koronavirusga qayta chalindi

Olam

image

Ukrainada 600 kishi koronavirusga qayta chalindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanov ma’lum qilgan.  

"Hozirgacha 600 kishida kasallik takrorlandi", degan u. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bemorlarda birinchi kasallanishdan uch-olti oy o‘tib, ikkinchi bor koronavirus aniqlangan. 

Ma’lumot uchun, Ukrainada 1 mln 280 ming 501 kishida koronavirus aniqlangan, 1 mln 101 ming 87 kishi sog‘aygan, 24 ming 599 nafar bemor vafot etgan. 

Avvalroq, "Bloomberg" koronavirus pandemiyasi yetti yil davom etishini bashorat qilgan edi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus esa dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni kasallik yuqtirganlar sonidan oshib ketganini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing