Ukrainada vertolyot qulashi oqibatida Ichki ishlar vaziri halok bo‘ldi (foto, video)

Olam

image

Ukraina poytaxti Kiyev viloyatining Brovari shahrida vertolyot bolalar bog‘chasi va turar-joy binosi yaqiniga qulab tushdi. Oqibatda 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat ma’muriyati rahbari Aleksiy Kuleba ma’lum qildi.

“Halokat joyida tez yordam, politsiya va o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda”, deydi Kuleba.

Vertolyot halokatga uchragach, portlash sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng yong‘in boshlangan. Vertolyot qulashining sababi ma’lum qilinmagan.

Vertolyot qulashi oqibatida Ukraina Ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy, uning birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Yenin va Ichki ishlar vazirligi shtat kotibi Yuriy Lubkovich halok bo‘lgan. Ukrainaning “1+1” telekanali Brovari shahri politsiya bo‘limiga tayanib xabar berishicha, vertolyotda bo‘lgan ikkala uchuvchi ham halok bo‘lgan.

Hodisa oqibatida 18 kishi, jumladan, 3 nafar bola vafot etgan. Qayd etilishicha, 22 kishi jarohatlangan. Ularning ichida 10 nafar bola ham bor. Barcha yaradorlar shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

halokat Ukraina vertolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing