Ukrainada saylovlar urushdan keyin o‘tkaziladi
Olam
−
01 dekabr 2023
3435Ukraina Oliy Radasining to‘qqizinchi chaqirig‘ida fraksiya va guruhlari mamlakatda navbatdagi saylovlar harbiy holat tugagandan keyingina o‘tkazilishi haqidagi bayonotni imzoladi. Bayonot 10-12 noyabr kunlari Zakarpatiya shahrida bo‘lib o‘tgan tinchlik va demokratiya uchun “Jan Monne muloqotlari” formatidagi yig‘ilishda qabul qilindi. Bu haqda kecha, 30 noyabr kuni “Strana” nashri xabar berdi.
Hujjatda aytilishicha, Ukraina parlamentida vakillik qilgan barcha siyosiy kuchlar “kelajakda erkin va adolatli milliy saylovlar (parlament, prezidentlik) harbiy holat tugaganidan keyin kamida olti oy o‘tgach bo‘lib o‘tishiga kelishib olgan.
“Hujjatni “Xalq xizmatchisi” fraksiyasidan Devid Araxamiya, “Batkivshina”dan Yuliya Timoshenko, “Yevrobirdamlik”dan Irina Gerashchenko, “Ovoz”dan Aleksandra Ustinova va boshqa parlament guruhlari vakillari imzoladi”, deb yozadi “Ukrainska pravda”.
Ma’lumot uchun, Ukrainada prezidentlik saylovlari 2024 yilning mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. 2023 yil avgust oyi oxirida Vladimir Zelenskiy agar urush davrida saylovlar o‘tkazilsa, yangi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yishga tayyorligini aytgan. Oktyabr oyida Ukrainada amaldagi harbiy holat tufayli Oliy Radaga saylovlar o‘tkazilmadi. Zelenskiy noyabr oyi boshida hozir saylov vaqti emasligini, barcha diqqat-e’tibor urushga qaratilishini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi