Vayronkor bo‘ronlar yil sayin kuchayib boraveradi – tadqiqot

Bu qiziq

image

Yerdagi kuchli bo‘ronlar global isish tufayli yuzaga keladi. 40 yillik kuzatuvlar asosida olingan ma’lumotlar olimlarga insonning ushbu tabiiy hodisalarga ta’siri to‘g‘risida aniq bir xulosaga kelishga yordam berdi.

Dovullar odatda yuzaga keladigan deyarli har bir mintaqada ularning maksimal kuchi yil sayin o‘sib bormoqda. Buning sababi global isish. AQSHning Okean va atmosfera milliy ma’muriyati va Madison shahridagi Viskonsin universiteti tadqiqotchilari Yerning sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini qirq yillik tahlili yakunida ana shunday xulosaga kelishdi.

"Modellashtirish va atmosfera fizikasi haqidagi tushunchaga asoslanib, ushbu tadqiqot iliq iqlim sharoitida nima kutilayotganini tasdiqladi", dedi “Proceedings of the National Academy of Sciences” jurnalida nashr etilgan tadqiqot muallifi Jeyms Kossin.

Ushbu tadqiqot Kossinning 2013 yilda nashr etilgan oldingi ishlarining natijalariga asoslandi. O‘shanda u 28 yillik kuzatuv asosida dovulning kuchayishi tendensiyalarini aniqlagan edi. Biroq, muallifning so‘zlariga ko‘ra, ma’lumotlar to‘plami statistik jihatdan muhim natijalarni olish uchun yetarli emas edi va shu bois qo‘shimcha tadqiqotlar talab qilindi. Kossin o‘nlab yillar davomida bo‘ronlar qaysi yo‘nalishda va qanchalik tez harakatlanishini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan.

Shunday qilib, u 2014 yilda qutblarga yo‘naltirilgan tropik siklning ko‘chishini aniqladi.

"Ushbu tendensiyalarni aniqlashning asosiy muammosi hozirgi vaqtda eng yaxshi texnologiyalardan foydalangan holda ma’lumot to‘plash edi. Keyingi yilda ma’lumotlar oldingisidan bir oz farq qiladi. Har bir yangi sun’iy yo‘ldosh yangi vositalarga ega va ma’lumotlarni boshqacha qabul qiladi. Natijada biz barcha turdagi sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarining tuzatishini oldik”, deb tushuntirdi Kossin.

"O‘tgan tadqiqotlardagi kabi 25 yil emas, balki 40 yillik ma’lumotlar to‘plandi va ular taqqoslandi. Natijada signal haqiqatan ham ichki iqlim o‘zgaruvchanligidan shohidlik berdi”, dedi Kolorado universiteti dovul tadqiqotchisi Fil Klotsbax.

Natijalarning ishonchliligini oshirish uchun mualliflar 1979-2017 yillardagi kuzatuv ma’lumotlarini taqqoslab o‘rganishdi. Tahlil qilish uchun ular infraqizil o‘lchash usulini qo‘llashdi. Bu dovullarning intensivligini baholashga va tendensiyalarni aniqlash uchun ma’lumotlarning yanada yaxlit bir qatorini yaratishga imkon berdi.

Tadqiqotchilar kuchli dovul (Saffir-Simpson dovuli shkalasi bo‘yicha 3 yoki undan ortiq kategoriya) ehtimolligi har o‘n yilda o‘sib borishini aniqladi. "O‘sish o‘n yil ichida taxminan 8 foizni tashkil etadi" dedi Kossin.

"Boshqacha aytganda, bo‘ronlar har o‘n yil ichida avvalgisiga qaraganda 8 foiz ko‘proq kuchlisiga aylanishi mumkin. Bularning barchasi esa iqlimning isishi sabablidir", dedi Jeyms Kossin.


Maqola muallifi

Teglar

bo'ron

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing