Ukrainada Rossiya bilan urushda qancha askar halok bo‘lgani aytildi
Olam
−
02 dekabr 2022
14577Rossiyaning qurolli bosqiniga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Ukraina armiyasi 13 minggacha askarini yo‘qotdi. Bu haqda Prezident devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.
“Bizda Bosh shtabga nisbatan rasmiy hisoblar bor, bu Oliy Bosh qo‘mondon aytayotgan rasmiy hisoblar. Va ular 10 dan 12, 5-13 minggacha halok bo‘lganlar. Ya’ni, biz o‘lganlar soni haqida ochiq gapiryapmiz”, deydi Podolyak.
Eslatib o‘tamiz, 30 noyabr kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi o‘lim, vayronagarchilik va mislsiz azob-uqubatlarni keltirdi, deb aytgan edi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainada 20 000 dan ortiq tinch aholi va 100 000 askar halok bo‘lgan.
Ammo keyinroq Yevrokomissiya adashganini tan oldi va bu ma’lumotni olib tashladi.
“Albatta, missis Lyayen adashgan – bu aniq. Shuning uchun ular bu videoni olib tashlashdi, bu raqamlarni o‘chirishdi”, deb tushuntirdi Podolyak.
LiveBarchasi