Ukrainada Oliy sud rahbari yirik miqdorda pora olayotganda qo‘lga tushdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 15 may kuni Ukraina Oliy sudi rahbari Vsevolod Knyazev 2,7 million AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosidagi manbalarga tayanib, bir vaqtning o‘zida bir nechta Ukraina ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

ZN gazetasiga ko‘ra, Knyazev oligarx Konstantin Jevago foydasiga sud qarorini himoya qilgan odamlardan pul olgan.

Gazetaning qayd etishicha, Oliy sud rahbarining hibsga olinishi fonida yana 18 nafar sudyada tintuvlar o‘tkazilmoqda.

Oliy sud Vsevolod Knyazev atrofida sodir bo‘layotgan voqealar munosabati bilan bugun, 16 may kuni plenumning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosiga ko‘ra, Oliy suddagi yirik korrupsiya fosh etilgan. Ammo hozircha tafsilotlar berilmagan.

Knyazevning hibsga olingani haqidagi ma’lumotni Ukraina Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenko ham tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, Vsevolod Knyazev 1979 yil 25 mayda tug‘ilgan. U 2021 yil 1 dekabrdan Ukraina Oliy sudi raisi lavozimida ish boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

pora Ukraina Oliy sud Vsevolod Knyazev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing