Ukrainada nodavlat tilda gaplashgan hakamlarga sanksiya qo‘llanildi
Sport
−
22 dekabr 2023
2700Ukraina futbol assotsiatsiyasi milliy chempionatning 15-turi o‘yinlarida nodavlat tilda gapirgan hakamlarga ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo choralarini ko‘rdi. Bu haqda til bo‘yicha ombudsman Taras Kremen o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, assotsiatsiya hakamlar qo‘mitasi raisi Luchano Luchi Ukraina chempionati hakamlari, hakam yordamchilari va liga arbitraj kuzatuvchilarini futbol o‘yinlarida nodavlat tildan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida qattiq ogohlantirgan va davlat tili bilan bog‘liq qonunlarga qat’iy rioya qilishni talab qilgan.
Qayd etilishicha, “Ukrain tilining davlat tili sifatida amal qilishini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunning 34-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq, Ukrainada sport musobaqalari, jumladan, xalqaro musobaqalar davlat tilida o‘tkaziladi. Ayrim sport turlarida qo‘llaniladigan maxsus xorijiy atamalardan tarjimasiz ham foydalanish mumkin.
Ma’lumot uchun, “Krivbass” 34 ochko bilan Ukraina chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rinda esa 34 ochkoga ega “Dnepr-1” joylashgan. Kuchli uchlikni “Polese” (32) yakunlagan. Keyingi o‘rinlardan “Shaxtyor” (31) va “Dinamo” (28) klublari joy oldi.
LiveBarchasi