Ukrainada neft tankeri halokatga uchradi (video)

Olam

Kecha, 22 noyabr kuni Ukrainaning Odessa viloyatida “Delfi” tankeri sohilda sayozlikka o‘tirib qoldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kema langaridan uzilib ketib, sayozlikda turib qolgan, so‘ng shamol va to‘lqin sababli og‘ib, ag‘darilgan.

Sohilga tankerdan neft mahsulotlari sizib chiqa boshlagan. Suvda neft miqdori normadan 50 baravar oshib ketdi. Vaholanki, kemada neft ham, yoqilg‘i ham yo‘qligi ta’kidlangandi.

Ukraina OAVning ma’lum qilishicha, tanker kamida bir sutka boshqaruvsiz va elektr energiyasisiz qolgan.

“Kema xo‘jayini biz bilan bog‘lanmadi, biz esa unga aloqaga chiqa olmadik. Kema rasman Moldaviya bayrog‘i ostida harakatlanishi kerak edi, ammo bu ma’lumot hozir tekshirilyapti”, degan Odessa viloyati rahbari Maksim Kutsiy.

Tankerda ukrainalik uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Uzoq vaqt ular kemani tark etishdan bosh tortgan. Oxir-oqibat ularni kuch bilan evakuatsiya qilishga qaror qilingan. Ular shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Odessa tanker

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing