Ukrainada Mudofaa vaziri Umarovga nisbatan ish ochildi

Olam

image

Ukraina Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosi Mudofaa vaziri Rustam Umarov sodir etishi mumkin bo‘lgan jinoyat bo‘yicha Ukraina Korrupsiyaga qarshi kurash markazi bayonoti asosida ish yuritishni ro‘yxatga oldi. Bu haqda kecha, 27 yanvar kuni Korrupsiyaga qarshi kurash markazi xabar berdi.

Ukraina Mudofaa vaziri vakolat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda. Ushbu modda uch yildan olti yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Korrupsiyaga qarshi kurash markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yanvar kuni Umarov Mudofaa xaridlari agentligi Kuzatuv kengashining agentlik direktori Marina Bezrukova bilan shartnomani bir yilga uzaytirish haqidagi qarorini bajarishdan bosh tortgan. Vazir, shuningdek, bu qaror uchun ovoz bergan Kuzatuv kengashining ikki a’zosi – Taras Chmut va Yuriy Jigirni ham ishdan bo‘shatdi. Umarov Bezrukovani harbiy xaridlar va armiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarda aybladi.

Qayd etish joiz, mudofaa ta’minot agentliklarida kuzatuv kengashlarining tashkil etilishi NATOning ushbu tuzilmalarni tashqi bosimdan himoya qilish bo‘yicha asosiy tavsiyasi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 3 dekabrda Oliy Rada Umarovning Ukraina harbiylari “Ukroboronprom” tomonidan ishlab chiqarilgan past sifatli minalarni olganligi haqidagi ayblov bilan bog‘liq chaqiruvini qo‘llab-quvvatladi. Yanvar oyi boshida Kiyevning 2025 yilga mo‘ljallangan harbiy maqsadlarini sanab o‘tar ekan, Umarov Ukrainaning harbiy strategiyasi to‘rtta asosiy ustuvor yo‘nalishga asoslanishini aytdi:

  • oldingi chiziqni barqarorlashtirish,
  • mudofaa qobiliyatini mustahkamlash,
  • osmon va dengiz yo‘llarini muhofaza qilishni kuchaytirish va
  • Rossiyaga "assimetrik javob".

Eslatib o‘tamiz, Rustam Umarov 2023 yil sentyabrdan beri Ukraina Mudofaa vaziri sifatida ishlab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Rustam Umarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing