Ukrainada marixuana iste’moli qonuniylashtiriladi
Olam
−
07 iyul 2023
4441Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning kannabis asosidagi giyohvand moddalarni qonuniylashtirish taklifi mamlakat parlamentida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi Zelenskiy tomonidan bildirilgan marixuana asosidagi dorilarni qonuniylashtirish haqidagi taklifni qo‘llab-quvvatlagan.
“Oliy Radaning Milliy sog‘liqni saqlash, tibbiy yordam va tibbiy sug‘urta qo‘mitasi allaqachon ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa ushbu qonun loyihasiga ijobiy baho bermoqda. Biz uning joriy etilishini kutamiz”, deydi davlat Bosh sanitariya shifokori Igor Kuzin.
Shuningdek, joriy yilning 4 iyul kuni Ukraina parlamenti deputati Yaroslav Jeleznyak Rada deputatlari mazkur qonun loyihasini navbatdagi yalpi majlisda ko‘rib chiqishi mumkinligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Rada majlisida kannabis asosidagi giyohvand moddalarni qonuniylashtirishni taklif qilgan edi. Unga ko‘ra, mamlakat hozirgi qiyinchiliklardan qutilish uchun dunyo mamlakatlari sinovidan o‘tgan rivojlanish yo‘llarini har qanaqasiga o‘zida qo‘llab ko‘rishi kerak.
LiveBarchasi