Ukrainada Qrimni qaytarib olishi uchun qulay imkoniyat paydo bo‘ldi – Poroshenko

Olam

image

Ukrainaning sobiq Prezidenti Petr Poroshenkoga ko‘ra, mamlakat Qrimni qaytarish uchun "noyob imkoniyat"ga ega bo‘ldi. Bu haqda sobiq davlat rahbari Trizub radiostansiyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Poroshenkoga ko‘ra, neft narxining pasayishi va Rossiya Federatsiyasidagi "chuqur inqiroz" Kiyevga xalqaro hamjihatlikni mustahkamlashga va Rossiyani Qrimni tark etishga majbur qilishi mumkin. Chunki RF ayni paytda yarimorolni moliyalashtirishga qodir emas.

Ukraina siyosatchilari muntazam ravishda va ommaviy tarzda Qrimni qaytarish rejalari bilan chiqish qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Qrim Rossiyaga 2014 yil bahorida, yarimorol aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan referendumdan keyin qo‘shilgan. Qrim hududi Rossiya tomonidan bosib olindi, deb hisoblovchi Kiyev, AQSH va YeI mamlakatlari ushbu referendumni haligacha tan olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Qrim

Baholaganlar

540

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing