Ukrainada qancha markaziy osiyolik asirga olingani aytildi

Olam

image

Rossiyaning keng miqyosli bosqini boshidan beri Ukraina harbiylari Markaziy Osiyo davlatlarining 30 nafarga yaqin fuqarosini asirga oldi. Bu haqda Ukraina Adliya vaziri Olga Stefanishina ma’lum qildi.

Vazirga ko‘ra, harbiy asirlarning fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘pincha ularning so‘zlari asosida aniqlanadi, chunki buni tasdiqlovchi hujjatlar ko‘p hollarda bo‘lmaydi.

“Qamoqxonalar va lagerlarda joylashgan harbiy asirlar fuqaroligidan qat’i nazar, xalqaro va milliy huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan bir xil huquqiy maqomga ega. Harbiy asirning fuqaroligi, jumladan, qo‘sh fuqaroligi uning huquqiy holatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi”, deydi Olga Stefanishina.

Vazir asirlarning aynan qaysi davlat fuqarolari ekaniga aniqlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan farg‘onalik 5 yilga qamalgandi. Shuningdek, oktyabr oyida ham Rossiyaga ishlash uchun borib, u yerda moddiy manfaat evaziga Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan samarqandlik erkak 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina asir markaziy osiyolik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing