Ukrainada dahshatli suv toshqini avj olyapti (video)
Olam
−
26 iyun 2020
16049Ukrainaning g‘arbiy mintaqalarida kuchli toshqin yuz berib, birdaniga bir nechta viloyatni suv bosdi. Ushbu ofat 2008 yilda yuz bergan analogik hodisadan keyingi eng keng ko‘lamlisi bo‘lyapti.
Hozira barcha qutqaruvchilar mamlakat g‘arbiga tashlangan. Bu ofat o‘rmonlar hududining keskin va tartibsiz qisqarib borishi bilan izohlanyapti.
Bir necha kundan beri davom etayotgan kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida qator mintaqalarda daryolarda suv me’yoridan ortib, toshgan. Bugungacha Ivan-Frankovsk, Chernovits, Ternopol, Lvov, Karpatorti hududlari toshqindan talafot ko‘rgan.
Ivan-Frankovsk vaziyat eng og‘ir hudud bo‘lib turibdi. Bu yerda Dnestr daryosining suvi darajasi yetti metrga o‘sgan. Rasmiylarning ma’lum qilishicha, Verxovin, Kosov, Rojnyatov tumanlarida oylik yog‘in miqdorining 70 foizi tushib bo‘lgan. Ko‘plab uylar suv ostida qolgan. Lvovda – 72, Ternopol – 37 ta uyni suv bosgan. Chernovits viloyatida 728 ta uy suvdan zarar ko‘rgan.
Kecha suv toshqini Ternopol viloyatiga yetib borishi natijasida uchta qishloq aholisi evakuatsiya qilingan.
Evakuatsiyaga qaramay ko‘plab odamlar quruqlikdan uzoqda, yarim suv bosgan uylarida qolib ketgan va qutqarilishini kutyapti. Bu odamlarni qutqarish uchun vertolayotlar safarbar qilingan.