Ukrainada AQSHning yangi Prezidentiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Olam

image

Ukrainada mamlakatning sobiq raxbari Pyotr Poroshenko va AQSH Prezidenti Jozef Baydenga nisbatan ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Poroshenkoning advokati Igor Golovan mahalliy ommaviy axborot vositalariga ma’lum qilgan. 

“22 yanvar kuni, Baydenning inauguratsiyasidan ikki kun o‘tgach, Poroshenko va Bayden Ukraina sobiq Bosh prokurorining faoliyatiga aralashgani to‘g‘risida ikkita jinoiy ish ro‘yxatdan o‘tkazildi”, deydi advokat. 

Advokatning ta’kidlashicha, ushbu jinoiy ish – hech bir fraksiya a’zosi bo‘lmagan xalq deputati Andrey Derkach va Ukraina Prezidenti devonining “provakatsiya”si.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Rada deputati Andrey Derkach Bayden va Poroshenkoga tegishli deb aytilgan audioyozuvni ommaga taqdim qilgan edi.

Audioyozuvda Bayden va Poroshenko Ukrainaga yangi Bosh prokuror tayinlashni muhokama qilayotgani eshitilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Poroshenko Bayden

Baholaganlar

880

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing