Ukraina YeTTB puliga mlrd kub metr gaz sotib olmoqchi
Olam
−
28 aprel
3455Ukrainada 410 mln dollarlik kredit 1 mlrd kub metr gaz xarid qilish uchun yo‘naltiriladi. Bu haqda Naftogaz kompaniyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Naftogaz Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 270 mln yevro miqdoridagi kreditini, shuningdek, Norvegiya hukumati tomonidan NORAD jamg‘armasi orqali taqdim etilgan 140 mln yevro miqdoridagi grant mablag‘larini jalb qilgan.
Qayd etilishicha, ushbu chora mamlakatda gaz qazib olish ulushi kamligi tufayli amalga oshirilmoqda.
“Olingan mablag‘lar Naftogaz uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Ular qariyb 1 milliard kub metr gaz sotib olish imkonini beradi, bu keyingi isitish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun juda muhim, ayniqsa, urush va bizning energetika infratuzilmamizga muntazam hujumlar sharoitida”, degan Naftogaz rahbari Roman Chumak.
Ukraina Milliy bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yilda gaz importi oshadi va 2,9 milliard dollarni tashkil etadi. Gaz importi qisman xalqaro hamkorlar yordamida moliyalashtirilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hukumati Xitoy uchun beriladigan gaz narxini yanada pasaytirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi. Xitoy 2024 yilda “Sibir kuchi” quvuri orqali yetkazib berilgan ming kub metr gaz uchun 267,6 dollar to‘lagan. Bu Yevropa va Turkiya tomonidan to‘langan narxdan 30 foizga (ming kub uchun 376,9 dollar) past degani.
LiveBarchasi