Ukraina yana bir davlatni o‘ziga “dushman” deb atadi

Olam

image

Kiyev Damashqning Lugansk xalq respublikasi va Donetsk xalq respublikasini tan olish qaroriga javoban konsullik munosabatlarini uzmagan holda Suriya bilan diplomatik munosabatlarni uzganini e’lon qildi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligining bugun, 30 iyun kuni tarqatgan bayonotida aytiladi. 

"Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Suriya Arab Respublikasining Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi vaqtinchalik bosib olingan hududlarning "mustaqilligi"ni tan olish haqidagi qarorini keskin qoralaydi. Ushbu nodo‘stona harakatga javoban, Ukraina konsullik munosabatlarini buzmagan holda Suriya bilan diplomatik munosabatlarni uzganini e’lon qiladi”, deyiladi Ukraina TIV saytida e’lon qilingan xabarda. 

Qayd etilishicha, Ukraina tomoni, shuningdek, Suriyaga qarshi savdo embargosi, suriyalik yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan boshqa sanksiyalar joriy etish tartibini boshlab yubormoqda. 

TIV bayonotiga ko‘ra, Ukraina rasmiylari Suriyaning qarorini “Ukrainaga qarshi nodo‘stona harakat, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuz, Ukraina qonunchiligi, BMT Nizomi hamda xalqaro huquqning asosiy me’yor va tamoyillarini qo‘pol ravishda buzish” deb hisoblamoqda. 

TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina tomoni Damashqdagi elchixonani 2016 yilda yopgan, shuningdek, 2018 yilda Suriyaning Kiyevdagi elchixonasini yopishga buyruq bergan. Suriyadagi ukrainaliklarning manfaatlarini Ukrainaning Livandagi elchixonasi himoya qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 iyun kuni Suriya Tashqi ishlar vazirligi vakili Suriya Arab Respublikasi Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini tan olishga qaror qilganini aytdi. Diplomatik departament ma’lumotlariga ko‘ra, aloqalarni mustahkamlash, jumladan, diplomatik munosabatlar o‘rnatish bo‘yicha asoslarni kelishish uchun LXR va DXR bilan aloqalar o‘rnatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

236

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing