Ukraina yaqin kelajakda Rossiya ustidan g‘alaba qozonolmaydi – Borrel
Olam
−
11 noyabr 2023
9385Yevropa Ittifoqi tashqi siyosati rahbari Jozep Borrel Ukraina Rossiya ustidan yaqin kelajakda g‘alaba qozonolmasligini aytdi. Bu haqda u Malagadagi Yevropa sotsialistlari partiyasi kongressida so‘zlagan nutqida gapirib o‘tgan.
"Bizda juda ko‘p muammolar bor. Bu yaqin orada Ukraina Rossiyani yaqin yillarda mag‘lub qilishini kutmayapmiz", deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi AQSH yordamining ehtimoliy qisqarishiga siyosiy tayyorgarlik ko‘rishi va uni o‘zi qoplashi kerak.
Borrel Yevropa Ittifoqining ikkinchi muammosini G‘azodagi vaziyat deb atadi, bu xalqaro hamjamiyatning siyosiy va ma’naviy muvaffaqiyatsizligidir.
Uning aytishicha, bu mojaroning eng yaxshi yechimi ikkita alohida davlat tashkil etishdir. Ammo hozir unga erishish 30 yil oldingiga qaraganda ancha mushkul.
“Bu voqealarning barchasi Yevropa fuqarolari orasida vahimani keltirib chiqarishi mumkin, bu esa yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi”, deydi Borrel.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “The Wall Street Journal” nashri G‘azo sektoridagi vaziyat tufayli Ukraina dunyo e’tiboridan chetda qolib ketayotganini yozgandi.
LiveBarchasi