Ukraina va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolaydi
Olam
−
15 oktabr 2020 6656 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 15 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keladi.
Bu haqda "Anadolu" ma’lum qildi.
Ukraina hukumati matbuot xizmatining xabar berishicha, tashrif 15-17 oktyabr kunlariga mo‘ljallangan. Tashrif davomida Ukraina va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashi kutilmoqda.
Ukraina Mudofaa vaziri Andrey Taran turkiyalik hamkasbi Hulusi Akarning iyul oyida Kiyevga qilgan tashrifini yodga oldi.
Ma’lumot uchun, harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim ikki mamlakatning Qora dengizdagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga sodiqligini aks ettiradi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust