Ukraina va Rossiya yana halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini almashdi
Olam
−
21 iyun 2022
9097Bugun, 21 iyun kuni Zaporoje viloyatida Rossiya va Ukraina urush davomida halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini almashdi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ukraina 50 nafar rossiyalik harbiyning jasadi evaziga 35 nafari himoyachisining jasadini qaytarib olgan.
“Ukraina qahramonlari to‘liq harbiy sharaf bilan dafn etiladi. Qurbon bo‘lgan ukrainalik askarlarning jasadlarini qaytarish jarayoni davom etmoqda. Bu Jeneva konvensiyasi normalariga muvofiq amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, operatsiya alohida vaziyatlarda bedarak yo‘qolganlar bo‘yicha komissar, Mudofaa vazirligining bosh razvedka boshqarmasi, Ukraina Xavfsizlik xizmati, Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi va Ukrainaning boshqa huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun, Ukraina va Rossiya o‘rtasida urush boshlanganidan beri uchinchi marta jasadlar almashtirildi. Avvalroq, ular 160 ta jasadga 160 ta jasad almashgan edi.
Bundan tashqari, Ukraina rossiyalik askarlar tomonidan asirga olingan besh nafar fuqaroni ozod qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot chog‘ida Avstriya kansleri Karl Nexammerga Ukraina bilan mahbuslar almashinuvi bilan bog‘liq masalalarni faolroq muhokama qilishga va’da bergandi.
Shuningdek, Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan mahbuslarni qachon bo‘lsa almashishga tayyorligini hamda ushbu jarayonni kuchaytirish kerakligini aytgandi.
LiveBarchasi