Ukraina va Rossiya fevral oyidan beri birinchi marta mahbuslarni almashdi
Olam
−
31 may
4451Ukraina va Rossiya joriy yilning fevral oyidan beri birinchi mahbus almashinuvini amalga oshirdi: har bir mamlakatning 75 nafar fuqarosi vataniga qaytdi. Bu haqda bugun, 31 may kuni har ikki tomon ma’lum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida yozilishicha, “asirlikda o‘lim xavfiga duch kelgan 75 nafar rossiyalik harbiy” Rossiyaga qaytarilgan.
“Ular Rossiya Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiyadan o‘tish uchun harbiy transport samolyotlarida Moskvaga yetkaziladi”, deyiladi xabarda.
Vazirlik almashinuvga yana Birlashgan Arab Amirliklari vositachilik qilganini ta’kidladi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham fuqarolarining qaytishi haqida yozdi.
“Bugun bizda muhim natija bor: Ukraina Qurolli kuchlari va Milliy gvardiyasi askarlari, chegarachilar, to‘rt nafar tinch aholi vakillari – yana 75 nafari Ukrainaga qaytdi”, deb yozadi u.
Ukraina Oliy Radasining Inson huquqlari bo‘yicha komissari Dmitriy Lubinets Facebook'da Ukraina barcha fuqarolarini o‘z vatanlariga qaytarish niyatini tasdiqladi va bu yo‘nalishda ishlayotganini yozdi.
Uning aniqlik kiritishicha, bugungi almashinuvni hisobga olgan holda, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri 3210 nafar ukrainalik vataniga qaytgan.
Tomonlar oxirgi marta tomonlar 8 fevral kuni mahbuslarni almashgan: o‘sha kuni "100 dan 100 gacha" formulasi bo‘yicha almashish bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi