Ukraina va Isroil orasida diplomatik janjal chiqishi mumkin

Olam

image

Ukrainaning Isroildagi elchisi Yevgeniy Korniychuk mamlakat siyosatini tanqid qilganidan keyin Isroil Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda “The Jerusalem Post” xabar berdi. 

Aytilishicha, Ukraina elchisi 3 iyul kuni Isroil Tashqi ishlar vazirligiga borishi va Strategik ishlar boshqarmasi boshlig‘i Aliza Ben-Nun bilan uchrashishi kerak. 

Korniychukning vazirlikka chaqirtilishi yaqinda Ukraina elchixonasi tomonidan Isroilning rossiyaparast pozitsiyasi tanqid qilinishi bilan bog‘liq. Ukraina tomoni Isroil Moskva bilan hamkorlikniyu mustahkamlash yo‘lini tanlaganini, buni ayrim munozarali voqealar tasdiqlaganini bildirgan. Elchixonaning ta’kidlashicha, bu voqealar joriy yilning birinchi yarmida sodir bo‘lgan va Isroilning Ukrainaga gumanitar yordami deyarli to‘liq yo‘qligi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Isroil Bosh vazirining rasmiy bayonotlari Tel-Avivning mudofaa yordamini ko‘rsatishdagi harakatsizligini doimo oqlab kelgani qayd etilgan.

Shu bilan birga Isroil bir necha bor Eron Shahed’lariga qarshi kurashda Ukrainaga yordam berishga chaqirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing