Ukraina o‘ziga do‘st davlatlarni ma’lum qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning devoni rahbari o‘rinbosari Andrey Sibiga Ukrainaning asosiy do‘stlarini e’lon qildi. U bu haqda YouTube’dagi “Yevropa haqiqati” kanaliga bergan intervyusida gapirgan. 

“Ular AQSH, Kanada, albatta, Litva, Polsha, Turkiya va biz strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatayotgan boshqa mamlakatlar. Biz ularning soni ko‘payishiga umid qilamiz. Butun Boltiqbo‘yi mamlakatlar ham ushbu doiraga kiradi. Shuningdek, Skandinaviya davlatlari”, degan Sibiga. 

Uning ta’kidlashicha, Ukraina strategik sheriklik aloqasi bo‘lgan mamlakatlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatishga intiladi. Shuningdek, Sibiga Vengriya Ukrainaning do‘sti bo‘la oladimi degan savolga ham javob bergan. 

“Albatta, qo‘shnilar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatish har doim har bir davlat uchun ustuvor vazifadir. Diplomatiya nuqtai nazaridan Vengriya bizning Yevropa Ittifoqidagi muhim sherigimiz, qo‘shni, NATO mamlakatidir. Shuning uchun u biz uchun juda muhim mamlakat”, degan Sibiga. 

Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning do‘stlaridan biri bo‘lgan AQSH Ukraina xavfsizligini kafolatlashini ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing