Ukraina O‘zbekiston ishtirokidagi kelishuvdan chiqdi

Olam

image

Ukraina MDH davlatlarining iqtisodiy jinoyatlarga qarshi birgalikda kurashish haqidagi kelishuvidan chiqdi. Bu haqda Ukraina hukumatining Oliy Radadagi vakili Taras Melnichuk ma’lum qildi.

“1996 yil 12 aprelda Moskvada Ukraina hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi hukumatlari o‘rtasidagi munosabatlar doirasida imzolangan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim vaziyatning tubdan o‘zgarishi sababli to‘xtatildi”, deydi Melnichuk.

Qayd etish joizki, mazkur shartnoma MDHga a’zo barcha davlatlar tomonidan imzolangan. U O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 28 avgustdagi “Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan va 1997 yil 21 noyabrdan kuchga kirgan.

Bundan tashqari, Oliy Rada “MDHga a’zo davlatlarning madaniy o‘simliklarning genetik resurslarini saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimdan chiqish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ma’qullagan. Melnichuk kelishuv 1999 yil 4 iyunda Minskda imzolanganini va 2000 yil 10 fevralda Ukraina hukumati tomonidan tasdiqlanganini eslatgan.

Ma’lumot uchun, Ukraina hukumati muntazam ravishda Rossiya, Belarus, Suriya, shuningdek, MDH doirasida tuzilgan shartnomalardan chiqishini e’lon qilib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil yozida Damashq Donbassni mustaqilligini tan olganidan keyin Ukraina Suriya bilan tuzilgan ikkita kelishuvdan chiqqandi. Shuningdek, Kiyev Rossiya hukumati bilan ikki davlat elchixonalari huzurida o‘zaro savdo-iqtisodiy vakolatxonalarni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvdan, qolaversa, MDHga a’zo davlatlar fuqarolarining pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlarini kafolatlash to‘g‘risidagi bitimdan ham chiqqani e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made