Ukraina O‘zbekiston ishtirokidagi bitimdan chiqdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Vazirlar Mahkamasi 1992 yilda Moskvada tuzilgan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlar fuqarolarining pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlarini kafolatlash to‘g‘risidagi bitimdan chiqdi. Tegishli qaror kecha, 29 noyabr kungi yig‘ilishda qabul qilindi, deydi hukumatning Oliy Radadagi vakili Taras Melnichuk. 

“Ukrainaning 1992 yil 13 martda Moskvada tuzilgan MDHga a’zo davlatlar fuqarolarining pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlari kafolatlari to‘g‘risidagi bitimdan chiqishi yakunlandi”, deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida. 

Rossiya ham bu kelishuvdan chiqdi. Joriy yilning 11 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ushbu kelishuvni denonsatsiya (davlatning o‘zi tuzgan xalqaro shartnomani tegishli ravishda rad etishi – tahr.) qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, qonun 30 iyundan kuchga kirdi. Davlat Dumasining tushuntirish xatida aytilishicha, kelishuvdan chiqish Rossiya Pensiya jamg‘armasi byudjetidan 2023 yildan 2025 yilgacha 2,2 milliard rublgacha tejash imkonini beradi. 

Shartnoma 1992 yil 13 martda Moskvada imzolangan. Uning ishtirokchilari Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina bo‘ldi. Shartnomada har bir ishtirokchi davlat fuqarolari uchun pensiya olish huquqini belgilashda sobiq SSSR hududida olingan ish stajlari hisobga olinishi nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

750

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made