Ukraina o‘z hududlari bilan savdo qilmaydi – Andrey Sibiga

Olam

image

Ukraina o‘z hududlari bilan savdo qilish niyatida emas. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Sumi viloyatiga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi.

“Men askarlarimizni ishontirib aytamanki, Ukraina Minsk uslubidagi hududlar bo‘yicha hech qanday savdo-sotiq yoki kelishuvlar olib borishni rejalashtirmaydi”, deb yozdi vazir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu Prezident Vladimir Zelenskiyning qat’iy pozitsiyasi va u Vashingtonga tashrifi davomida Ukraina askarlarini albatta kuchaytiradigan narsalarni taqdim etadi.

Ta’kidlash joizki, Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatiga hujum qilganida ayrim nashrlar Kiyev Kurskda egallangan yerlarni bo‘lajak sulh kelishuvlarida Ukraina hududida Rossiya tomonidan egallangan hududlarga almashishi mumkinligi haqida yozgandi.

Ma’lumot uchun, Sumi viloyatiga tashrif Sbiganing yangi lavozimga tayinlanganidan keyingi birinchi rasmiy safaridir. Vazir u yerda alohida mexanizatsiyalashgan brigadaga bordi va viloyat rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

“Xalqaro diplomatiyada aytilmagan qoida borki, yangi tayinlangan Tashqi ishlar vazirining birinchi tashrifi mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida signaldir. Poytaxtdan tashqaridagi birinchi tashrifim urush hududiga yaqinroq bo‘lgan Sumi viloyatiga, xususan, Kursk operatsiyasida qatnashayotgan askarlarimizga bo‘ldi. Ha, bu xalqaro hamjamiyatga ongli ravishda berilgan signal: Ukraina tashqi siyosatining markazida uning himoyachilari turibdi”, deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Zelenskiyning Rossiya rahbari Sumi shahriga yangi hujum uyushtirishni rejalashtirgani, biroq Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi amaliyoti uning rejalarini barbod qilganini aytgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Andrey Sibiga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing