Ukraina uyatsizlarcha g‘alla bitimidan frontga qurol yetkazish uchun foydalandi – Shoygu

Olam

image

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina don kelishuvida o‘ziga xos “uyatsizlik” bilan undan Rossiya raketa hujumlariga qarshi niqob sifatida foydalanganini aytdi. Bu haqda u Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha XI Moskva konferensiyasida so‘z ochdi.

“Kiyev rejimi Qora dengiz g‘alla tashabbusini amalga oshirishda o‘ziga xos behayolik ko‘rsatdi. Uni Rossiya raketa hujumlariga qarshi himoya sifatida ishlatib, Odessa va boshqa Qora dengiz portlarida sezilarli darajada qurol va o‘q-dorilar yaratildi, ular frontga muntazam ravishda yetkazib berildi. Bundan tashqari, don omborlari yaqinida Qrimdagi infratuzilma ob’ektlariga zarba beruvchi dron va dengizda boshqariladigan transport vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi", deydi Shoygu.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri bu faktlar Ukrainaning g‘arblik hamkorlariga ma’lum bo‘lgani, biroq BMT don shartnomasini uzaytirish yoki bekor qilish masalasini ko‘rib chiqayotganda buni e’tiborga olmaganini ta’kidlagan.

Uning fikricha, G‘arb Ukraina yordamida harbiy amaliyotlar o‘tkazishning turli variantlarini ishlab chiqmoqda va bunda Kiyevning yo‘qotishlari hisobga olinmayapti.

“Xorijiy maslahatchilar Ukraina askarlaridan G‘arb qurollaridan foydalangan holda harbiy amaliyotlar o‘tkazishning turli variantlarini sinab ko‘rmoqda va Zelenskiy rejimi bu tajribalar uchun ishchi kuchini yetkazib bermoqda.”, degan Shoygu.

Shuningdek, Rossiya Mudofaa vaziri Zaporoje atom elektr stansiyasi atrofidagi vaziyatga ham etibor qaratgan va xavotirli tarzda jiddiylashib borayotganini aytgan.

“Zaporoje atom elektr stansiyasi atrofida xavotirli vaziyat yuzaga kelmoqda. Kiyev uni muntazam ravishda og‘ir qurollardan o‘qqa tutmoqda. Ukraina Qurolli kuchlarining harakatlari yadroviy falokat keltirib chiqarishi mumkin”, deya qo‘shimcha qilgan vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya voqealarni qayd etib, har kuni BMT tuzilmalari va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga ma’lumotlarni uzatib turadi. 

“Reaksiya, afsuski, yo‘q. Ko‘pincha xalqaro rasmiylar Ukrainaning gumanitar qonunlarga rioya qilmayotgani haqida go‘yo ularda hech qanday ma’lumot yo‘qligini da’vo qiladi”,  deb noligan Rossiya Mudofaa vaziri.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 iyul kuni Rossiya tomoni Qora dengizdagi gumanitar yo‘laklar orqali Ukraina g‘allasini xavfsiz eksport qilish bo‘yicha kelishuvni uzaytirmagan va buni Istanbul kelishuvining ikkinchi qismi bajarilmagani bilan izohlagandi. Keyinchalik Rossiya qo‘shinlari Ukraina donini eksport qilish uchun qo‘llaniladigan Odessa portlariga zarba berdi  va oqibatda 60 ming tonna g‘alla nobud bo‘ldi


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Sergey Shoygu don kelishuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing