Eri kaltaklab, tahqirlagan ayolga uy beriladi
Jamiyat
−
11 Sentabr 2020
9898Samarqandda 8 yillik turmushi davomida eri tomonidan muntazam tahqirlanib kelgan ayolga viloyat hokimligi tomonidan 2 xonalik uy beriladi. Bu haqda kecha, 10 sentyabr kuni Samarqand shahar IIBda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilingan.
“Samarqand shahrida yashovchi bu qizimiz va uning farzandlari viloyat hokimligi va boshqarmamiz himoyasiga olinib, unga zarur tibbiy-ijtimoiy, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda. Oiladagi vaziyatni o‘rgandik, Mustahkam fikrlarini eshitdik, u bilan deyarli har kuni suhbatlashyapmiz. Hozirda bu oilani saqlab qolish yoki ularni yarashtirish haqida o‘ylaganimiz yo‘q. Chunki, mavjud vaziyat bunga imkon bermaydi”, Samarqand viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sayyora Jumayeva ma’lum qildi.
O‘zAning yozishicha, viloyat hokimligi unga ikki xonali uy ajratmoqchi. Salomatligi yaxshilanganidan keyin Mustahkamni ish bilan ta’minlash chorasi ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik 35 yashar Sh. o‘zi yashayotgan xonadonida turmush o‘rtog‘i Mustahkamni ayovsiz kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Oradan ko‘p o‘tmay, u Toshkentda qo‘lga olindi.
Ayolni kaltaklagan erkakka Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu orada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ushbu ishni to‘liq nazoratiga olganini ma’lum qildi.
1995 yilda tug‘ilgan Mustahkam turmush o‘rtog‘i 1985 yilda tug‘ilgan Sh. bilan 2012 yilda shar’iy nikohdan, 2015 yilda FXDYO bo‘limidan qonuniy nikohdan o‘tib yashab kelgan. Ularning ikki farzandi bor. M. Suhbatda 16 yoshida turmush qurgani, farzandlarining kelajagi uchun turmush o‘rtog‘i bilan ajrashmay yashab kelayotganini aytadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr