Ukraina urushda zaharli moddalardan foydalanayotgani aytildi
Olam
−
04 mart
9044Ukraina urushda zaharli kimyoviy moddalardan foydalanmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Kirill Lisogorskiy ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Rossiya maxsus xizmatlari bilan birgalikda Shimoliy harbiy okrug hududida ukrainalik jangarilar tomonidan harbiylarga qarshi kimyoviy moddalar qo‘llangani bilan bog‘liq hodisalar aniqlangan va bu borada batafsil hisobotlar taqdim etilgan.
Shuningdek, sentyabr oyida va noyabr oylarida Zaporoje viloyatida Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan zaharli moddalarni terrorchilik maqsadida qo‘llagani fakti ham hujjatlashtirilgan.
“Biz dalillar bazasini shakllantirmoqdamiz va, albatta, Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) texnik kotibiyatiga va boshqa tashkilotlarga taqdim etamiz", deydi Kirill Lisogorskiy Melitopolda kimyoviy qurollar ombori haqidagi ma’lumotga izoh berib.
Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi KQTT texnik kotibiyatini Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ishlab chiqilgan turli zaharli moddalar yordamida kimyoviy provokatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek, Ukraina qo‘shinlarini joylashtirish va harbiy amaliyotlar uchun ulardan foydalanish rejalari haqida doimiy ravishda xabardor qiladi.
Bunday beparvo xatti-harakatlar, tabiiyki, og‘ir oqibatlarga olib keladi. Rossiyaning xalqaro hamjamiyatni xabardor qilishi va bu ma’lumotlarning e’lon qilishi tufayli bir qator fojialarning oldi olinadi, deyiladi xabarda.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi