Ukraina urushda yutqazmoqda – italiyalik siyosatchi
Olam
−
18:54 908 2 daqiqa
Italiyalik siyosatshunos Alessandro Orsini Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi vaziyat yomonlashgani sababli so‘nggi vaqtlarda muntazam ravishda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqira boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Fatto Quotidiano“ gazetasidagi maqolasida yozdi.
Uning qayd etishicha, Ukraina Qurolli kuchlarida shaxsiy tarkib yetishmovchiligi yuzaga kelgan. Shuningdek, mamlakatdagi havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan bog‘liq vaziyat mojaro boshlanganidan beri eng yomon holatga kelgan.
“Patriot raketalari va askarlarning bosqichma-bosqich kamayishi Zelenskiy uchun qopqondir. Zelenskiy g‘alabaga bo‘lgan mutlaq ishonchdan har kuni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishgacha o‘tgan bo‘lsa, demak, u bu hisob-kitobni amalga oshirgan”, deb yozgan Orsini.
Siyosatshunos Zelenskiy mojaroning dastlabki bosqichida Moskva bilan diplomatik muloqotni rad etgani va hududlarni harbiy yo‘l bilan qaytarish niyatida bo‘lganini ham eslatgan. U bu pozitsiyani “voqelik bilan aloqani yo‘qotish” deb baholagan.
“Konfliktni muzlatishni so‘rayotgan tomon yutqazmoqda. Bundan bosh tortayotgan tomon esa g‘alaba qozonmoqda”, deya xulosa qilgan Orsini.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Ukraina armiyasidagi tutib qoluvchi raketalar zaxirasi 2025 yilga nisbatan 2,5 baravarga kamayganini bildirgandi.
Shuningdek, Ukraina vositachilar orqali Rossiyaga Qora dengizdagi fuqarolik nishonlariga zarbalarni o‘zaro to‘xtatishni taklif qilgan edi. Biroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukraina bilan Qora dengizda o‘zaro sulh tuzish uchun asos ko‘rmayotganini ma’lum qilgan.
Live
Barchasi