Ukraina urushda kuniga qancha qurbon berayotgani ochiqlandi

Olam

image

Har kuni Donbassdagi janglarda mingga yaqin ukrainalik himoyachi halok bo‘ladi yoki yaralanadi, o‘rtacha – 200 dan 500 nafargacha. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi bilan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasi rahbari David Araxamiya aytib o‘tdi. 

Deputatning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina armiyasida bir millionga yaqin kishi xizmat qilmoqda, yana ikki million kishini yollash imkoniyati bor. Ukraina Qurolli kuchlari, xususan, Donbassda jangni davom ettirish uchun kuchga ega. 

Rossiya Federatsiyasiga qarshi turish uchun Ukrainada endi qurol va o‘q-dorilar yo‘q. 

“Bizda hujumga, qarshi hujumga o‘rgatilgan odamlar bor, ammo buning uchun bizga qurol kerak”, deydi Araxamiya. 

Shuningdek, u Rossiya Federatsiyasi bilan rasmiy muzokaralar muzlatilganiga qaramay, telefon muloqoti davom etayotganini aytdi.

Araxamiya prognoziga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi G‘arb sanksiyalari ta’sirini 3-4 yil ichida to‘liq his qiladi. 

Ukraina Qurolli Kuchlarining yo‘qotishlari

9 iyun kuni Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Ukraina har kuni yuzga yaqin askarini yo‘qotayotganini, yaradorlar soni esa kuniga besh yuzga yetishi mumkinligini aytdi. O‘sha kuni Prezident ma’muriyati rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak boshqa raqamni aytdi: unga ko‘ra, kuniga 100-200 ukrainalik himoyachi halok bo‘lmoqda. 

1 iyun kuni Prezident Vladimir Zelenskiy har kuni 60 dan 100 gacha ukrainalik askarlar frontda halok bo‘layotganini aytdi. Uning qayd etishicha, har kuni yana 500 ga yaqin odam jarohat oladi. 

Bundan avvalroq, aprel oyining o‘rtalarida prezident OAVga bosqinchilarga qarshi urushda Ukraina Qurolli kuchlarining 2,5-3 ming nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgani haqidagi raqamni e’lon qilgan edi. 

10 iyun kuni Prezident ma’muriyati rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich 24 fevraldan beri 10 mingga yaqin ukrainalik himoyachi halok bo‘lganini bilvosita tasdiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing