Ukraina urush boshlangandan beri rekord darajadagi xorijiy yordam oldi

Olam

image

Ukraina xorijiy donorlardan olgan moliyaviy yordam miqdori 4,6 milliard dollarni tashkil etdi, bu so‘nggi olti oydagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu haqda bugun, 30 avgust kuni Ukraina Moliya vaziri Sergey Marchenko ma’lum qildi. 

“Bu mablag‘lar biz uchun juda muhim edi. Ular avgust oyida donorlardan olingan mablag‘lar miqdorini 4,6 milliard dollargacha oshirish imkonini berdi. Bu so‘nggi olti oy ichida biz olgan eng katta mablag‘”, deydi u. 

Marchenkoning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlaridan olingan mablag‘lar Ukrainaga barcha zaruriy byudjet xarajatlarini moliyalashtirish imkonini bergan.

Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal 24 avgust kuni mamlakat byudjetiga AQSHdan 4,5 milliard dollarlik grant yordamining birinchi transhi sifatida 3 milliard dollar tushganini ma’lum qildi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy avgust oyi boshida YeI Ukrainaga 8 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ko‘rsatishni sun’iy ravishda kechiktirayotganini aytdi. 

Avvalroq Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Igor Jovkva Germaniyani 9 milliard yevro miqdoridagi makromoliyaviy yordamni to‘sib qo‘yganlikda ayblagan edi. Unga ko‘ra, Ukraina allaqachon 1 milliard yevro olgan, biroq Germaniya va boshqa ba’zi Yevropa davlatlari qolgan 8 milliard yevroni berishni kechiktirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

248

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing