Ukraina Tuapse dengiz portiga hujum qildi

Olam

image

Bugun, 10 noyabrga o‘tar kechasi Ukraina harbiylari ekipajsiz katerlar yordamida Qora dengizdagi eng yirik neft yuklash terminallaridan biri joylashgan Tuapse dengiz portiga hujum uyushtirdi. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi operativ shtabi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, “neytrallashtirilgan” to‘rt drondan biri qirg‘oq chizig‘i yaqinida portlagan.

“Zarba to‘lqini ikki qavatli uyning ikkinchi qavatidagi oynalarni, garajni va qayiq saqlanadigan angarni shikastladi”, deyiladi shtab xabarida.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan, hodisa joyida maxsus va favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Shahar meri Sergey Boykoning aytishicha, ekipajsiz katerlar hujumi yarim tundan boshlab qariyb sakkiz soat davom etgan. Ukraina dronlari portda turgan kemalardan biriga zarba bergan bo‘lishi mumkin. Xujum oqibatida portdagi kemada yong‘in chiqqan. “Dnipro Osint” tomonidan tahlil qilingan sun’iy yo‘ldosh suratlariga ko‘ra, ekipajsiz katerlardan biri 167-raqamli bandargoh yaqinida portlagan.

Ukraina Qurolli kuchlarining Tuapse portiga avvalgi hujumi joriy yilning 2 noyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. O‘shanda portdan 8 km uzoqlikdagi neft terminali infratuzilmasi va bandargohda turgan tanker dron parchalari tushishi oqibatida zarar ko‘rgan va yonib ketgan. Hujum oqibatida ikki xorijiy fuqarolik kemasi ham shikastlangan. Sun’iy yo‘ldosh suratlari dengiz qirg‘og‘ida uzunligi taxminan 3,6 km bo‘lgan neft sizib chiqishini ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina qo‘shinlari Saratov viloyati hududiga dron orqali hujum uyushtirgandi. Hujum oqibatida “Rosneft” korporatsiyasiga tegishli Saratov neftni qayta ishlash zavodi zarbaga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Tuapse

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing