Ukraina Tramp jamoasi bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Olam

image

Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga tayyor ekanini ma’lum qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.

“Rossiya bilan deyarli uch yildan beri davom etayotgan jangovar harakatlardan charchagan Ukraina o‘zining tinchlikka tayyorligini e’lon qilishni rejalashtirmoqda”, deyiladi xabarda.

Nashrga ko‘ra, Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari Andrey Yermak AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasi bilan aloqa o‘rnatish maqsadida Vashingtonga tashrif buyurgan. Unda saylangan vitse-prezident Jeyms Devid Vens ham ishtirok etgan. Oldinroq esa Yermak Floridada Oq uy devonining yangi rahbari Syuzi Uayls bilan ham ko‘rishgan.

Nashr manbalariga ko‘ra, Yermak AQSHga Trampning yordamchilari bilan munosabatlarni yaxshilash uchun tashrif buyurgan va unda Ukraina Rossiya bilan sulh tuzishga tayyor ekanini ma’lum qilishni rejalashtirmoqda.

“Lekin buning bir sharti bor – barqaror tinchlik bo‘lishi zarur. Beqaror, vaqtinchalik tinchlik AQSH va Ukraina manfaatlariga xizmat qilmaydi”, deydi nashr manbasi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainaga urushni tezroq tugatish va sulh uchun vaqtinchalik hududiy yon berishni taklif qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina urush muzokara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing