Ukraina TIV Gruziya masalasida bayonot berdi

Olam

image

Ukraina Tashqi ishlar vazirligida Rossiyaning Gruziyaga qarshi urushining 11-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan brifingda Ukraina tomoni Rossiyaning 2008 yil avgustda Gruziya hududlari Abxaziya va Janubiy Osetiyani amalda qo‘shib olish uchun qilingan qadamlarini keskin qoraladi. Bu haqda “Liga Novosti” Ukraina tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayanib xabar bermoqda.

Ukraina birdamligini bildiradi va Gruziyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi, mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish zarurligini qo‘llab-quvvatlaydi va Gruziya hukumatining “Yaxshi kelajakka qadam” tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi. 

“Tajriba shuni ko‘rsatdiki, Rossiya-Gruziya mojarosini muzlatish orqali tajovuzkorni tinchlantirish siyosati uning qo‘llarini yechdi va 2014 yil fevral oyida Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli tajovuziga olib keldi”, deyiladi Ukraina vazirlik bayonotida.

Tashqi ishlar vazirligi xalqaro hamjamiyatni Rossiya Federatsiyasining tajovuzidan aziyat chekkan davlatlarning hududiy yaxlitligi va suverenitetini tiklash bo‘yicha birlashtirilgan choralarni ko‘rishni davom ettirishga chaqiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing