Ukraina sun’iy yo‘ldoshi 10 yil deganda ilk bor koinotga uchirildi 

Olam

image

SpaceX kompaniyasining Falcon 9  raketa tashuvchisi 105 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqarish va Yerga qaytish missiyasini bajardi. Koinotga uchirilgan qurilmalar orasida 2019 yilda Ukrainaning “Yujmash” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Yerni masofadan zondlash “Sich-2-30” sun’iy yo‘ldoshi ham bor.  

Sun’iy yo‘ldosh so‘nggi o‘n yil ichida orbitaga chiqarilgan birinchi Ukraina kosmik apparati bo‘lgan. 

Uchirish AQSHning Kanaveral burnidagi kosmodromdan amalga oshirilgan. “Sich-2-30” orbitaga kirganidan keyin Ukraina hududi uzra uchib o‘tgan va missiyani boshqarish markazi bilan bog‘langan. Ukraina sun’iy yo‘ldoshidan tashqari, Falcon 9 yana 104 ta kichik kosmik apparatni, shu jumladan Starlink internet tizimining boshqa sun’iy yo‘ldoshlari turkumini uchirgan. 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uchirilish muvaffaqiyatli amalga oshirilganini qayd etgan. 

“Ukraina sun’iy yo‘ldoshi tomonidan olingan birinchi suratlarni intiqlik bilan kutaman”, deb yozgan u Twitter’da.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina sun'iy yo'ldosh

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing