Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda necha kilometr yo‘l bosdi?

Jamiyat

image

Tugab borayotgan yil O‘zbekiston uchun sarhisobda ancha qiyin yil bo‘ldi. Boisi, ma’lumot ko‘p, qabul qilingan hujjatlar bisyor. Bular orasiga Prezident tashriflarini ham kiritish mumkin. 

Nihoyasiga yetayotgan 2019 yil Prezident Shavkat Mirziyoyev uchun xorijiy tashriflarga boy yil bo‘ldi. QALAMPIR.UZ Shavkat Mirziyoyev yakunlanayotgan yilda xorijiy tashriflar uchun qancha yo‘l bosganini taxminan hisoblab chiqdi.

Davlat rahbari bu yil xorijiy davlatlarga 11 ta tashrifni amalga oshirdi. Shundan, 4 ta rasmiy tashrif – Germaniya, Belarus, BAA va Yaponiya. 7 tasi esa amaliy tashrif – ko‘p tomonlama tadbirlarda ishtirok yetish uchun amalga oshirildi. 11 tashrifga borib-kelish uchun Shavkat Mirziyoyev 56407 km yo‘l bosdi. Ma’lumotlarga batafsilroq to‘xtalamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilgi xorij safarlari ro‘yxati:

17-18 yanvar. Hindiston – Ahmadobod shahrida “Jo‘shqin Gujarat – 2019” IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif (4106 km);

20-23 yanvar. Germaniya – rasmiy tashrif (9321 km);

24-28 mart. Birlashgan Arab Amirliklari – rasmiy tashrif (4643 km);

24-27 aprel. Xitoy Xalq Respublikasi – Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun amaliy tashrif (7876 km);

13-14 iyun. Qirg‘iziston – Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun amaliy tashrif (478 km);

14-15 iyun. Tojikiston – Dushanbe shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif (984 km);

31 iyul-1 avgust. Belarus – rasmiy tashrif (6730 km);

10-11 oktyabr. Turkmaniston – Ashhobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun amaliy tashrif (1996 km);

14-15 oktyabr. Ozarbayjon – Baku shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif (3252 km);

17-20 dekabr. Yaponiya – rasmiy tashrif (6063 km);

20 dekabr. Rossiya – Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif (10961 km).

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2018 yilda 13 ta tashrifni amalga oshirib, 65138 km yo‘l bosgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

198

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing