Ukraina sharqiy fronti Rossiya bosimiga dosh berolmasligi mumkin – BBC

Olam

image

Rossiya kuchlarining hozirgi tezkor hujum sur’ati saqlanib qolsa, Ukrainaning sharqiy fronti qulash xavfi ostida qoladi. Bu haqda ekspertlar fikriga tayanib, BBC xabar berdi.

Ekspertlarga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Baydenning Ukrainaga piyodalarga qarshi minalarni yetkazib berish va uzoq masofali raketalar bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berish qarorlari Rossiya kuchlarining tezkor yutuqlariga javoban qabul qilingan. Vashingtondagi Urushni o‘rganish instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya jang maydonida Ukraina nazoratidagi hududlarning asosiy logistika markazlariga yaqinlashmoqda.

Londondagi Qirollik kolleji harbiy eksperti Marina Mironga ko‘ra, Ukraina tomonidan Rossiyaning Kursk viloyatiga qilingan hujum “strategik fojia”. Chunki, ukrain kuchlari “jonli kuch” yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda. Agar vaziyat Kiyev foydasiga o‘zgarmasa, front Rossiyaning hujumlariga bardosh bera olmay, to‘liq qulash ehtimoli mavjud.

“Ruslar nuqtai nazaridan ular ukrainaliklarga qaraganda ancha yaxshi kartaga ega”, deydi Miron.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berishga va Rossiyaning Kursk viloyatidagi operatsiyada qatnashayotgan Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarini himoya qilish uchun o‘z ixtiyoridagi ATACMS uzoq masofali raketalaridan foydalanishga ruxsat bergan edi. Shundan so‘ng Ukraina Mudofaa kuchlari ilk bor ATACMS ballistik raketalari bilan Rossiyaning Bryansk viloyati Karachev shahri yaqinidagi harbiy ob’ektga zarba bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina sharqiy front

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing