Ukraina ruslar to‘liq egallagan Luganskni ozod qilishni boshladi
Olam
−
20 Sentabr 2022
14395Ukraina harbiylari davom etayotgan qarshi hujum davomida Rossiya tomonidan to‘liq egallangan Lugansk viloyatidagi birinchi aholi punktini ozod qildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Ukraina Qurolli kuchlarining ilg‘or otryadlari bir necha kun oldin Belogorivka qishlog‘iga kirib kelgan edi. Kecha, 19 sentyabr kuni Lugansk viloyati davlat ma’muriyati rahbari Sergey Gayday Belogorivka to‘liq Ukraina harbiylari nazoratiga olinganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Gayday Lugansk viloyatini ozod qilish jarayoni tez kechmasligi haqida ogohlantirdi.
“Lugansk yerining har bir santimetri uchun og‘ir kurash bo‘ladi”, deb yozadi u Telegram’da ularni “iymon va sabr”ni saqlashga chaqirib.
Belogorivkaning Ukraina Qurolli Kuchlari nazoratiga o‘tganini Rossiya manbalari ham tasdiqlagan. Belogorivkadagi ukrainalik harbiylar aks etgan video, xususan, Rossiyaning “harbiy muxbirlari” Telegram kanallarida chop etilgan. Geolokatsiya ushbu video Belogorovkada suratga olinganini tasdiqlagan. Shu bilan birga, na Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘mondonligi, na Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z hisobotlarida qishloq nomini hozircha tilga olishmagan.
Belogorivka Lugansk viloyatidagi rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingan oxirgi aholi punktlaridan biri edi. Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari iyul oyida aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. Bu, xususan, Belogorivkaning joylashuvi bilan izohlanadi. Qishloq Lisichanskdan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan, bu hudud uchun yozda og‘ir janglar bo‘lgan. Belogorivka har ikki tomondan o‘q ostida qolgan va unda mustahkam o‘rnashib olish qiyin edi.
Ukraina va G‘arb ommaviy axborot vositalari Belogorivkaning ozod etilishi haqida gapirar ekan, endilikda butun Lugansk viloyati Rossiya qo‘shinlari nazorati ostida emasligini ta’kidlamoqda, biroq bungacha Rossiya armiyasi viloyatni 100 foiz nazorat qilgan.
Ammo bu qarashni mutlaq to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Lugansk viloyatining kichik bir qismi Ukraina Qurolli Kuchlarining qarshi hujumidan oldin ham “kulrang zonada” edi – u aslida na Ukraina, na Rossiya harbiylari tomonidan nazorat qilinmagan. Vaholanki, Belogorivka Lugansk viloyatidagi yaqinda ukrainalik harbiylar nazoratiga tushgan birinchi aholi punktidir.
Belogorivkaning ozod etilishi nafaqat ramziy ma’noga ega. Qishloqni nazorat qilish Ukraina kuchlariga Lisichanskga qarshi hujum boshlash uchun tramplin vazifasini bajaradi, birinchi navbatda Lisichansk neftni qayta ishlash zavodi ustidan nazoratni tiklashga harakat bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
LiveBarchasi