Ukraina Rostovga raketa hujumi uyushtirishi mumkin – WSJ

Olam

image

Ukraina o‘zining uzoq masofali G‘arb raketalaridan foydalangan holda Rossiyaning Rostov viloyatidagi harbiy ob’ektlarni nishonga olishni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH Urushni o‘rganish instituti (ISW) tomonidan tuzilgan xaritada ehtimoliy nishon sifatida Rostov hududida joylashgan 200 ga yaqin harbiy ob’ekt belgilangan. Bu ob’ektlar orasida aviabazalar, o‘q-dori omborlari, harbiy poligonlar va qo‘mondonlik punktlari mavjud bo‘lib, ular ATACMS (300 km) va Storm Shadow (250 km) kabi raketalar uchun yetarli masofada joylashgan.

Nashrga ko‘ra, mazkur hudud Rossiya qo‘shinlarini frontga o‘tkazish uchun asosiy transport “xabi” hisoblanadi. U yerda kamida to‘rtta aviabaza, jumladan, Millerovo va Morozovsk kabi ob’ektlar joylashgan. Ukraina dronlari orqali bu ob’ektlarga oldin ham bir necha bor hujum qilingan. ISW tahlilchisining fikriga ko‘ra, Ukraina o‘zining rejalari uchun ochiq manbalardan tashqari razvedka ma’lumotlaridan ham foydalanishi mumkin.

Rostov viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusarning aytishicha, bunday hujumlar mintaqaga jiddiy tahdid soladi. U fuqarolarni evakuatsiya qilish mashg‘ulotlarini tashkillashtirish va xavfsizlikni oshirish bo‘yicha choralar ko‘rishni buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Mudofaa kuchlari birinchi marta ATACMS ballistik raketalari bilan Rossiyaning Bryansk viloyati Karachev shahri yaqinidagi harbiy ob’ektga hujum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina raketa hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing