Ukraina Rossiyaning o‘q-dori omboriga raketadan zarba bergani aytilmoqda

Olam

image

Rossiyaning Belgorod viloyatida Ukraina Qurolli Kuchlarining raketa zarbasi oqibatida o‘q-dorilar omborida portlash yuz bergani aytilmoqda. Bu haqda rus matbuoti xabar tarqatdi.

RF Tergov qo‘mitasi bugun, 14 oktyabrk uni Belgorod viloyatida Ukrainadan o‘qqa tutilgan o‘q-dorilar omborining portlashi oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar borligini ma’lum qildi.

“Belgorod viloyatining Oktyabrskiy qishlog‘ida Ukraina Qurolli Kuchlarining o‘qqa tutishi natijasida o‘q-dorilar ombori portlatib yuborildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va yaradorlar bor”, deyiladi Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida Milliy gvardiya xodimlari ham bor.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Belgorod viloyatini o‘qqa tutish bo‘yicha jinoiy ish ochishni topshirgan. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi Novooskolskiy tumanida ham raketalarni urib tushirgan. Raketa parchalari temir yo‘l hududiga tushgan, elektr uzatish liniyalari shikastlangan, poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Bu holatda qurbonlar bo‘lmagan.

“Tergoq qo‘mitasi tergovchilari jinoyat ishini tergov qilish doirasida voqeaning barcha holatlari va jinoyat sodir etishda ishtirok etgan shaxslarni aniqlaydi”, deyiladi departament xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

395

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing