Ukraina Rossiyaning sulhiga amal qilmaydi – Zelenskiy
Olam
−
21:09 929 1 daqiqa
Ukraina Rossiya tomonidan 9 may – G‘alaba kuni arafasida e’lon qilingan bir tomonlama sulhni o‘zining majburiyati deb hisoblamaydi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Zelenskiy Rossiyani sulhni 1820 marta buzganlikda ayblagan. Bu holatlar orasida artilleriya o‘qlari, quruqlikdagi hujumlar va havo zarbalari kabilar sanab o‘tilgan. Uning aytishicha, Rossiya Ukraina tomonidan kecha, 5 may kuni e’lon qilingan sulhni buzgan.
“Rossiya tomoni sulh rejimini izdan chiqarganini tasdiqlaymiz. Ukraina Rossiya tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali sulh so‘ralganini inobatga olgan holda javob qaytarishini aniq bildirdi”, degan Zelenskiy bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, urush sharoitida ommaviy bayram tadbirlarini o‘tkazish ma’noga ega emas. Ukraina rahbari qo‘shimcha choralar bo‘yicha qaror tez orada qabul qilinishini bildirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa kecha, 5 may kuni Ukraina hududiga bir nechta hujumlar amalga oshirilganini tasdiqlagan va ayni paytda Ukraina kuchlarini Rossiya hududi hamda bosib olingan Qrimdagi nishonlarga zarba berganlikda ayblagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ukrainaning gaz ishlab chiqarish inshootlariga raketa va dronlar bilan zarba berib, jami besh kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘lgandi.
Oybek Rustamov
Live
Barchasi