Ukraina Rossiyaning nufuzli qo‘mondoni yo‘q qilinganini bildirdi
Olam
−
26 Sentabr 2023
12964Rossiya Qora dengiz floti qo‘mondoni Viktor Sokolov joriy yilning 22 sentyabr kuni flot shtab-kvartirasiga berilgan zarba oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina harbiy idorasi xabar berdi.
“Rossiya Qora dengiz floti shtab-kvartirasi mag‘lubiyatga uchragach, 34 zobit, shu jumladan Rossiya Qora dengiz floti qo‘mondoni halok bo‘ldi. Yana 105 nafar bosqinchi yaralangan. Shtab binosini tiklab bo‘lmaydi”, deyiladi Ukrainaning bayonotida.
Shuningdek, Ukraina maxsus operatsiya kuchlari 13 sentyabrga o‘tar kechasi “Minsk” desant kemasiga berilgan zarbalar haqidagi yangilangan ma’lumotlarni ham e’lon qildi.
“Minsk” katta desant kemasi ertasi kuni jangovar navbatchilikka o‘tishi kerak bo‘lganini hisobga olsak, shaxsiy tarkib kemada bo‘lgan. Qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishlar 62 nafar bosqinchini tashkil qildi”, deyiladi xabarda.
Rossiya tomoni esa Sokolovning o‘limini hozircha tasdiqlamagan.
“Kiyev rejimi Sevastopol shahriga raketa hujumi uyushtirdi. Raketa hujumini qaytarish vaqtida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan beshta raketa urib tushirildi. Hujum oqibatida Qora dengiz floti shtab-kvartirasining tarixiy binosi zarar ko‘rdi”, deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.
Ukraina tomonidan farqli o‘laroq, Moskva atigi bir askar halok bo‘lganini iddao qilmoqda.
LiveBarchasi